"Manchester Siti" supertransferga ulg'urib qoldi

  • 02.09.2026 06:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» «Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandez bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

25 yoshli argentinalik futbolchi rasmiy «shaharliklar»ning yangi futbolchisi sifatida taqdim etildi. Tomonlar oʻrtasidagi mehnat shartnomasi 2031 yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan. Transfer qiymati 125 million funt sterling (taxminan 145 million yevro) etib belgilangan.

«Manchester Siti» – soʻnggi yillarda Angliyada eng muvaffaqiyatli klub. Bunday jamoada oʻynash har bir futbolchining orzusi. Bu yerga oʻtishdan juda xursandman va «Siti»ga kuboklar yutishni davom ettirishda yordam berishga tayyorman», – deya Fernandezning soʻzlarini manchester klubi matbuot xizmati keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil yanvar oyida «Chelsi» Entsoni «Benfika»dan 121 million yevro evaziga sotib olgan edi. U «sinilar» safida 170 oʻyinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 30 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!