Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Manchester Siti”ni mashhur yulduz tark etadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Gvardiola bu futbolchi bilan xayrlashishga tayyor emas

Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva 2025/2026 yilgi mavsum yakunida “Manchester Siti”ni erkin agent maqomida tark etishni rejalashtirmoqda.

Bu haqida El Chiringuito TV jurnalistlari xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi allaqachon jamoasini o‘zgartirish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilib bo‘lgan. Uning navbatdagi klubi sifatida “Barselona” nomi tilga olinmoqda.

Kataloniya superklubi ham portugaliyalik pleymeyker bilan hamkorlik qilishga tayyor. Ayniqsa, tajribali yulduzni erkin agent maqomida bepul transfer qilish “Barselona” mutasaddilariga juda ma’qul keldi.

Joriy Angliya Premier-ligasi mavsumida Bernardu Silva 22 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.  “Manchester Siti”da 2017 yilning yozidan beri o‘ynab kelayotgan futbolchining bugungi kundagi bozor qiymati 27 million yevroga  baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q