Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Manchester Yunayted» «Real» yulduzini nishonga oldi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» yozda «Real» yarim himoyachisi Orelien Tchuameni uchun taxminan 70 million yevro taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda.

«Manchester Yunayted» tarkibni kuchaytirish rejalarini ishlab chiqmoqda. Daily Mail xabar berishicha, «qizil iblislar» vakillari kelasi yozda klubning transfer maqsadlaridan biri Orelien Tchuameni bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni inkor etmayapti.

«Real» yozda yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bunday transfer amalga oshsa, Orelien Tchuameni yoki Eduardo Kamavinga jamoani tark etishi mumkin.

26 yoshli Tchuamenining transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevro deb baholanmoqda. Yarim himoyachining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Tchuameni madridliklar safida 205 ta uchrashuvda maydonga tushib, yettita gol urgan va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q