“Manchester Yunayted” umuman kutilmagan bosh murabbiyni tayinlamoqchi

  • 28 noyabr, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik murabbiy Erik ten Xag “Manchester Yunayted” o‘yinida etarli darajada o‘zgarish qila olmadi.

Manchesterliklar chempionlikka da’vogarlik qilolmayapti, Krishtianu Ronaldu va jamoa Harri Maguayr atrofidagi masalalar jamoada ichki muhit hamon qaltis ekanidan dalolat bermoqda.

Klub rahbariyati yangi murabbiy qidirayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha,  jamoani argentinalik mutaxassis Diego Simeone qabul qilib olishi mumkin. 52 yoshli murabbiy “Manchester Yunayted”ni boshqarish uchun hozirgi klubi “Atletiko”ni tark etishga tayyor ekani aytilmoqda.

Manchesterliklar yangi bosh murabbiyga jamoani yozda topshirishi kutilyapti. “Atletiko”ni 2011 yildan beri boshqarayotgan Simeone ham shartnomasi yakunlanishiga yana bir mavsum qolishiga qaramay, muhitni o‘zgartirishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!