"Manchester Yunayted"ning eng zo‘ri kim?

  • 2 oktabr, 2021, 19:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rasmiy sayti orqali o‘tgan sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

Tecno

Jamoa muxlislari bu borada Krishtianu Ronalduni tanlashdi. Portugaliyalik yulduz o‘tgan oy 5 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasini 5 marta ishg‘ol qilishga erishdi.

Ushbu nomga shuningdek, David De Xea, Jessi Lingard va Meyson Grinvud kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilayotgan edi.

36 yoshli Ronaldu "Manchester Yunayted"ga avgust oyi oxirida qaytdi va jamoa bilan "2+1" ko‘rinishida shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!