Manchesterda qolaman, menga imkon bering!

  • 02.07.2026 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujumchi Markus Reşford «Manchester Yunayted» rahbariyatiga ijobiy signal yuborib, klubda qolish va bosh murabbiy Maykl Kerrik qo‘l ostida faoliyatini qayta boshlash g‘oyasiga ochiq ekanini bildirgan.

Bu haqida Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, bir necha kun avval futbolchining vakillari hamda «Manchester Yunayted» rahbarlari o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda 28 yoshli forvardni asosiy jamoaga qayta qo‘shish va uning mavsumoldi yig‘inida to‘liq ishtirok etishi masalalari muhokama qilingan.

Yozgi transfer oynasi yana bir necha hafta davom etadi va barcha tomonlarni qoniqtiradigan taklif tushsa, angliyalik futbolchi klubini o‘zgartirishi ham mumkin.

Biroq ayni vaqtda Reşford o‘zini tarbiyalagan qadrdon klubiga qaytish imkoniyatini yopmagan. Aksincha, u hozircha butun e’tiborini yangilangan «Manchester Yunayted» tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamlashga qaratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!