Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Manchesterdagi vunderkind Yevropaning eng kuchli klubini tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Xaridori ko‘p edi

Manbalarga ko‘ra, 15 yoshli «Manchester Yunayted» hujumchisi Jey-Jey Gabriyel yaqin vaqt ichida Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi PSJ safiga o‘tishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, Parij klubi yosh iste’dodning rivojlanishini ancha vaqtdan beri kuzatib kelmoqda. Fransiyaning yetakchi jamoasi Gabriyel transferi bo‘yicha faol muzokaralar bosqichiga o‘tishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. 

Avvalroq futbolchiga «Manchester Siti», «Barselona», «Bavariya» va «Real» kabi grand klublar ham qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, Jey-Jey Gabriyel avvalroq «Manchester Yunayted» rahbariyatini jamoani tark etmoqchi ekani haqida rasmiy xabardor qilgan. Yosh forvard klubdan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishni so‘ragan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q