Manchesterga koreyalik yulduz keladi
Transfer bo‘yicha ishlar boshlandi
«Bavariya» markaziy himoyachisi Kim Min Je «Manchester Yunayted» uchun hali ham asosiy transfer nomzodlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Manchesterliklar yozgi transfer oynasidan foydalanib, himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va shu maqsadda janubiy koreyalik futbolchini olish variantini yana ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqida Transfer News Live nashri jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar berdi.
Shu bilan birga, manbalarga ko‘ra, Kim Min Je hozircha Myunxenda qolish tarafdori.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Kim Min Je 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
29 yoshli markaziy himoyachining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Ilgarigi mavsumlarda «Napoli» tarkibida yulduzga aylangan futbolchiga «Fenerbaxche», «Yuventus» va «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirgani aytilgan.

Izohlar (0)