Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Manchesterliklar qimmatbaho himoyachini olmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

60 million funt to‘lash kerak

«Nyukasl» klubi tarkibida toʻp surib kelayotgan chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll «Manchester Yunayted»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri boʻlib qolmoqda.

Manchester klubi 21 yoshli futbolchini qoʻlga kiritish umidini hali ham yoʻqotmagan. «Qargʻalar» oʻz futbolchisini sotishni istamasa-da, TEAMtalk nashri maʼlumotiga koʻra, «Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik chap qanot himoyasi uchun aynan Xollni ustuvor nomzod sifatida koʻrmoqda. 

Futbolchining oʻzi ham yangi jamoaga oʻtish imkoniyatini koʻrib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda.

Xabarlarga koʻra, «Nyukasl» isteʼdodli angliyalik himoyachi uchun taxminan 60 million funt talab qilmoqda. Bu deyarli 70,5 million evroni tashkil etadi. Shu bilan birga, Transfermarkt portali Xollning bozor qiymatini 40 million evro atrofida deb baholagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q