Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Manchesterliklar "Real"ga Rodrining narxini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Rodri mavsumni qaerda boshlaydi?

«Manchester Siti» rahbariyati mahoratli  yarim himoyachisi Rodri uchun qo‘ygan narxini asosiy xaridor sifatida e’tirof etilayotgan «Real»ga ma’lum qildi. 

Jurnalist Matteo Moretto xabariga ko‘ra, ingliz klubi o‘z yetakchisini 50–60 million yevro atrofidagi summa evaziga sotishga tayyor.

Manba ma’lumoticha, bu miqdor «Real» rahbariyatini ham qoniqtirgan va tomonlar kelishuvni yaqin kunlarda yopishi mumkin.

Qayd etilishicha, Rodri «Barselona» va PSJ takliflarini rad etgan. U faqat «Real» safida o‘ynashni istamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q