Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mane Saudiyada Ronaldu va Masharipovga jamoadosh bo‘lishi mumkin!

Izohlar: 1

Myunxenliklar Mane bilan xayrlashishga tayyor.

"Bavariya" futbolchisi Sadio Mane faoliyatini Krishtianu Ronaldu va Jaloliddin Masharipov to‘p tepadigan "An-Nasr" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistonining "Ariadhiah" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, myunxenliklar Mane bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchi va Saudiya klubi vakillari 1-2 kun ichida muzokaralarga kirishadi va ehtimoliy transferni muhokama qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Sadio Bundesliganing 25 o‘yinida 7 gol va 5 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q