Marmush yangi jamoaga o‘tish arafasida
Masala ijobiy hal bo‘lyapti
Misrlik futbolchi Umar Marmushning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Omma u oxirigacha yetmaydigan ko‘rinadi.
«Tottenxem» tarkibni kuchaytirish maqsadida «Manchester Siti» hujumchisi Umar Marmushni o‘z safiga qo‘shib olish arafasida turibdi. Ikki ingliz klubi o‘rtasidagi muzokaralar juda ilgarilab ketgan va hozircha ijobiy ruhda davom etmoqda. 27 yoshli misrlik forvardning o‘zi ham London jamoasiga o‘tishga qiziqish bildirgan va faoliyatini shu yerda davom ettirishga tayyor.
Marmush «Manchester Siti» tarkibiga 2025 yil yanvar oyida «Ayntraxht» klubidan kelib qo‘shilgan. Shu vaqtgacha u barcha musobaqalar doirasida 62 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 6 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Misrlik futbolchining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)