Mashrabjon Ro‘ziboevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum
4 sentyabr kuni Buxoro shahrida "ATF Championship 14" turniri tashkil etiladi.Mazkur jang kechasida yurtimizning iste’dodli MMA jangchilaridan biri Mashrabjon Ro‘ziboev ham oktagonga ko‘tariladi.
U Qirg‘iziston vakili Daniyar Ismailov bilan bahs yuritadi.
Ma’lumot uchun, Mashrabjon Ro‘ziboev professional faoliyati mobaynida 12 ta g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan bo‘lsa, Daniyar Ismailovning ko‘rsatkichi 12-17-1 ko‘rinish olgan.


Fikrlar