
Masvidal 6 kun ichida 9 kilo vazn tashladi
UFCning yarimo‘rta vazn toifasidagi jangchisi Xorxe Masvidal Kamaru Usmanga qarshi kechadigan jang oldidan qisqa muddat ichida 9 kg vazn tashlaganini ta’kidlab o‘tdi.
"6 kun ichida 9 kilo! Aytishim mumkin bo‘lgan narsa faqat shu. Ha, bu qiyin bo‘ldi, ammo uddasidan chiqdim," - dedi Masvidal.
Eslatib o‘tamiz, bugun tunda "UFC 251" turnirining markaziy jangida Masvidal va Usman qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar