Maykl Bisping: "Tom Aspinall MMA dagi Muhammad Ali yoki..."
UFC Shon-shuhrat zali a’zosi, britanlik Maykl Bisping hamyurti Tom Aspinall haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Tom — haqiqiy gigant. U katta bo‘lishiga qaramay, juda harakatchan. Men har doim aytaman: Aspinall — MMA dagi Muhammad Ali yoki og‘ir vazndagi Jorj Sen-Per. Tomni Siril Ganga qarshi jangda favorit deb hisoblayman. Biroq agar frantsuz uning teykdaunlarini to‘xtata olsa, bu o‘ta qiziqarli to‘qnashuv bo‘ladi", - dedi Bisping
Eslatib o‘tamiz, Aspinall (15-3) 25 oktyabr kuni "UFC 321" turnirida Siril Gan(13-2)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.



Fikrlar