Mbappe: "Alonso Karlodan farq qiladi"
"Real Madrid" etakchisi Kilian Mbappe sobiq murabbiy Karlo Anchelotti va hozirgi bosh murabbiy Xabi Alonsoni taqqosladi.
"Faoliyatimda ko‘plab murabbiylar bilan ishlaganman va har bir murabbiyning o‘z falsafasi borligiga ko‘nikib qolganman. Alonso Karlodan farq qiladi. Xabining o‘z yondashuvi bor va jamoa allaqachon uning nimani xohlashini tushunadi.
Biz bu mavsumda ancha yaxshilana oldik. "Real Madrid" to‘g‘ri yo‘lda. Jamoa sovrinlarga intilmoqda", - deya frantsiyalik hujumchining so‘zlarini keltirdi "Marca" nashri.
Ma’lumot uchun, Alonso o‘tgan yozda "qaymoqranglilar"ni qabul qilib olgan edi. La Liganing 10-turidan so‘ng madridliklar 27 ochko bilan turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
Fikrlar