
Mbappe “Evro-2024” oldidan katta gapirdi
“Real”ga ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappe Germaniya mezbonlik qiladigan Evropa chempionatida o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yganini ta’kidladi.
25 yoshli hujumchi musobaqada Frantsiya terma jamoasi sardori sifatida o‘ynaydi.
- Men haqiqatan ham, Evropa chempionatida g‘olib chiqmoqchiman. Bu turnir men uchun Frantsiya terma jamoasi sardori sifatidagi birinchisi bo‘ladi. va shu bois ham bu musobaqaning ahamiyati juda katta, - dedi Kilian Mbappe.
Frantsiya terma jamoasi guruh bosqichida Avstriya, Niderlandiya va Polsha terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.
Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida 79 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 47 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar