Mbappe hakamlarni mashharaboz deb atadi

  • 09.02.2026 19:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi futbolchisi Kilian Mbappe ofsayd tufayli hakam bilan kelishmovchilikka bordi. DAZN'ning qayd etishicha, bu "Real"ning Mestaledа "Valensiya"ga qarshi kechgan gʻalabali oʻyinida (0:2) roʻy berdi.

"Qaymoqranglilar"ning 27 yoshli hujumchisi oʻyin bosh hakami Xaver Lopes bilan ziddiyatga bordi. Qayd etilishicha, birinchi boʻlimdagi vaziyatlardan birida Mbappe "koʻrshapalaklar" himoyachilaridan toʻpni qabul qilib olib, oʻz jamoasining hujumini rivojlantira boshlagan, biroq oʻyindan tashqari holat qayd etilgan.

Boʻlim oxirida tribuna ostidagi xonada oʻyinchi hakam bilan bahslashdi, unda Lopes oʻz qarorini tushuntirmadi, natijada Kilian shunday dedi: "Bu hakamlar masharabozlar."

Bu mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 31 ta oʻyinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qildi, fransiyalik futbolchi Yevropa qitʼasining eng yaxshi toʻpurari boʻlib turibdi. Transfermarkt resursi maʼlumotlariga koʻra, uning narxi 200 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!