Mbappe "JCH-2026"dan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

  • 27.07.2026 17:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionati–2026 yakunlangandan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga murojaat qilib, ochiq xat e’lon qildi.

«Kubokni uyga olib kela olmadik, bu menga juda og‘ir botyapti – buni yashira olmayman, – deb yozadi Mbappe. – Albatta, turnirdа eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lganimdan faxrlanaman. Lekin agar jahon chempioni bo‘lganimizda, bu hissiyotlar butunlay boshqacha, yanada yoqimli bo‘lardi.

Sizlar, Frantsiya muxlislari, juda chiroyli finalga loyiq edingiz. Ammo hikoyaning qanday yakun topishini hamisha ham o‘zingiz tanlay olmaysiz. Biz maydonda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik va shu uchun o‘zimizdan mamnunmiz», – deya ta’kidladi u.

Mbappe shu munosabat bilan jamoadoshlariga va jahon chempionatidan so‘ng terma jamoani tark etgan bosh murabbiy Didye Deshamga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe JCh–2026ning eng yaxshi to‘purariga aylandi – u musobaqa davomida 10 ta gol urdi. Frantsiya yarim finalda Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Angliyaga 4:6 hisobida yutqazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!