
Mbappe: Kech qoldik
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida Italiyada “Milan” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
- Mag‘lubiyat har doim og‘ir bo‘ladi. Biz xafamiz. Safardagi uchrashuv og‘ir bo‘ladimi? Buni bilmayman.
Biz g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga soldik, o‘xshamadi. Ikkinchi golni urishga harakat qildik, lekin juda kech qoldik, - dedi Kilian Mbappe.
Guruhda to‘rtta o‘yinda 7 ochko jamg‘argan Dortmundning “Borussiya” klubi etakchilik qilmoqda. PSJ ulardan bir ochko kam jarg‘angan. “Milan” parijliklarni mag‘lub etganidan keyin ochkolari sonini beshtaga etkazdi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Fikrlar