Mbappe Madridni tark etadi...

  • 10.03.2026 16:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe tizzasidan olgan jarohatidan tiklanayotganiga qaramay, mart oyida AQShda o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlariga Fransiya terma jamoasi bilan borishi mumkin.

Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe Braziliya (26 mart) va Kolumbiyaga qarshi (29 mart) o‘yinlar uchun ro‘yxatga kiritilgan.

Biroq uning AQShda bo‘lishi asosan tijoriy sabablar va homiylar oldidagi majburiyatlar bilan bog‘liq.

Agar u bormasa, moliyaviy yo‘qotishlar juda katta bo‘lishi kutilmoqda.  Shu bilan birga, fransuz shifokorlari va Didye Desham boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchining sog‘ligini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.

Agar u to‘liq tayyor bo‘lmasa, birorta ham o‘yinda ishtirok etmaydi. Asosiy maqsad — Mbappeni jahon chempionatiga eng yaxshi formada tayyorlash.

Futbolchining o‘zi ham tiklanish jarayonini tezlashtirmaslikka va maydonga tushishga shoshilmaslikka qaror qilgan.

Hatto Mbappe “Manchester Siti”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasining eng muhim o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga ham tayyor.

Kilianing tizzadagi jarohati Fransiyada jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Ayniqsa, o‘tgan Yevropa chempionatida Mbappe burni singanidan keyin to‘liq kuch bilan o‘ynay olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!