Mbappe oʻziga ortiqcha ishonib yubordi

  • 07.09.2026 19:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o‘zini dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblash-hisoblamasligi haqidagi savolga javob berdi.

«Men har doim o‘zimni shunday deb bilaman, lekin bu juda shaxsiy savol. Har kimning o‘z fikri bor: kimdir meni eng yaxshilardan deb hisoblaydi, boshqalar esa yo‘q. Bu bahsli masala. Hamma ham men kabi o‘ylashga majbur emas», — dedi Mbappe jurnalistlar bilan suhbatda.

Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi Ispaniya chempionati doirasida o‘tkazilgan to‘rt uchrashuvda to‘rtta gol urdi.

«Real»ning navbatdagi o‘yini seshanba, 8 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu kuni «qirollik klubi» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida o‘z maydonida milanlik «Inter»ni qabul qiladi. 

Bundan avvalroq Mbappe o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish ehtimolini ham baholagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!