Mbappe Paragvay terma jamoasini mashhara qildi
Kilian Mbappe Paragvayga qarshi oʻyindan soʻng gʻalabani raqib futbolchilari oldida namoyishkorona nishonlagani uchun tanqidga uchradi.
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionati-2026 1/8 final bosqichida Paragvayga qarshi o‘yin yakunlangach, raqib futbolchilari oldida jamoasi g‘alabasini namoyishkorona nishonladi.
Yakuniy hushtakdan so‘ng Mbappe Paragvay terma jamoasining bir futbolchisi yonidan o‘tar ekan, to‘satdan unga qarab qo‘llarini yoydi, so‘ngra esa g‘alabani ifoda etgan holda mushtini qattiq qisdi.
Kilian Mbappening bunday hissiyotli reaktsiyasi, shuningdek, uchrashuv davomida boshqa fransuz futbolchilarining harakatlari ham bejiz emas edi. Ma’lum qilinishicha, Paragvay terma jamoasi juda qo‘pol o‘ynab, doimiy ravishda raqibni asabiylashtirishga urinagan.

Izohlar (0)