Mbappe “Real”dagilarga ishonmayapti

  • 09.03.2026 16:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe klub shifokorlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotdi va jarohatlangan tizzasini to‘liq davolamaguncha maydonga qaytmoqchi emas. Bu haqida Cadena SER ma’lumotlariga tayanib, Footmercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tizza paylarining cho‘zilishi hujumchini dekabr oyidan beri bezovta qilmoqda, u avvalroq bu borada mahalliy mutaxassis bilan maslahatlashish uchun Parijga uchib ketgan.

Kilian Mbappe joriy mavsum "Real"ning barcha musobaqalardagi 33 o‘yinida 38 gol va oltita golli uzatma mualliflik qildi. Frantsiyalik futbolchi "Real" safida 2024 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Avvalroq, 27 yoshli hujumchi PSJ va "Monako" klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!