Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe “Real”dan ketadimi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kilian kutilmagan tarzda javob berdi

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi.

- Madriddagi faoliyatim juda  yaxshi davom etmoqda. Nega ketishim kerak?, - dedi Mbappe Marca nashriga.

Fransiyalik hujumchi Madriddga 2024 yilning yozida o‘tgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yarmigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 41 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ispaniya chempionatining 36-turida “Oviedo” ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) keyin madridliklar mavsum tugashiga ikki tur qolganda La Ligada ikkinchi o‘rinni kafolatladi. Chempionlikni esa muddatidan oldin “Barselona” qo‘lga kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q