Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe: «Ronaldу va Messi buning mumkinligini ko‘rsatishdi»

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida 66 ta gol urib, jamoa tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

Frantsiya terma jamoasining yetakchi yulduzi Kilian Mbappe milliy jamoa safida 100 ta gol urish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.

«Ikkita yigit bor – Ronald u va Messi. Ular bu narsa amalga oshishi mumkinligini allaqachon isbotlab qo‘yishgan. Agar bu haqida oldinroq so‘raganingizda, ehtimol, “yo‘q” deb javob bergan bo‘lardim. Lekin endi bu ikkisi yo‘l ochib berdi. Nega endi men ham u yerga yetmasligim kerak?» – deya 27 yoshli Mbappening so‘zlarini The Touchline nashri keltiradi.

Hozirgi paytga kelib, Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi tarkibida 66 ta gol urgan. U «uch ranglilar» tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Ungacha bu rekord Olivye Jiruga tegishli bo‘lib, u Frantsiya terma jamoasi uchun 57 ta gol muallifi bo‘lgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q