Mbappe: Sharmanda bo‘ldik

  • 29.01.2026 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining oxirgi turida “Real” Lissabonda “Benfika”dan 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatini boy berdi.

Madridliklarning ikkala goliga mualliflik qilgan Kilian Mbappe Chempionlar ligasi “Benfika” darvozaboni Anatoliy Trubin tomonidan Tibo Kurtua darvozasiga urilgan gol haqida fikr bildirdi. Trubin golni 90+8-daqiqada kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

- Bugun ko‘rganlarimiz, bu normal holat emas. To‘rtinchi gol — bu sharmandalik, aslida uchinchi gol ham hech narsani o‘zgartirmadi, faqat ularni o‘tkazib yuborganimiz uchun biroz uyat.

Biz buni tuzatishimiz kerak, chunki bungacha uchta o‘yinni yaxshi darajada o‘tkazgan edik, -  dedi Kilian Mbappe jurnalistlar bilan suhbatda.

“Real” 15 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni egallab, 1/8 finalga chiqa olmadi. “Benfika” bu g‘alabadan so‘ng o‘tish o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!