Mbappe: Vinisiusni besh marta maymun deyishdi

  • 18.02.2026 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi o‘tkazilgan pley-off uchrashuvi nega to‘xtatilgani haqidagi mojaro tafsilotlarini ochiqlandi.

Bu bahsda “Real” Lissabonda “Benfika”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba golini Vinisius kiritdi.

Keyinchalik o‘yin to‘qqiz daqiqaga to‘xtatildi, chunki gol muallifi bosh hakam Fransua Leteksye ga irqiy haqoratlar haqida shikoyat qildi.

Tanaffusdan so‘ng o‘yin qayta boshlandi.

- Vini gol urgan va uni nishonlaganidan keyin “Benfika”ning 25-raqamli futbolchisi, men uning ismini aytmayman, chunki u bunga arzimaydi, qabul qilib bo‘lmaydigan so‘zlarni ishlata boshladi.

U Vinini besh marta maymun deb atadi! Besh marta!

Men uning hali yosh ekanini bilaman, lekin bu e’tiborsiz qolmasligi kerak. Bu yigit Chempionlar ligasida yana o‘ynashga loyiq emas. Bugun futbol qadriyatlari yo‘qoldi, - dedi Mbappe.

Ta’kidlash joizki, “Benfika”da 25-raqam ostida 20 yoshli Janluka Prestian ni o‘ynaydi.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe o‘yin davomida bir necha bor Prestian nig a baqirib, uni irqchi deb atagan.

Javob o‘yini 25 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!