Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Medison Kizning qo‘li baland keldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Endi u rus go‘zali bilan o‘zaro kuch sinashadi

AQShning Tsintsinnati shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida "Premera" turkumiga kiruvchi nufuzli "WTA" turniri davom etmoqda.
Unda amerikalik Medison Kiz musobaqaning ilk davrasida ispaniyalik Garbin Mugurusaga qarshi bahs olib bordi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Medison raqibasini 6:7, 7:6, 6:4 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa  Medison "Western & Southern Open" musobaqasining ikkinchi davrasida rossiyalik Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q