Men Islom Maxachevni nokautga uchrataman
UFC ning yarim oʻrta vazn toifasida toʻrtinchi oʻrinni egallab turgan Maykl Morales UFC chempioni Islom Maxachev bilan ehtimoliy jang haqidagi gapirdi.
"Chempionlikni tortib olish uchun astoydil harakat qilaman. Bu mening orzuim va ustuvor vazifam. Kimga qarshi chiqishimning ahamiyati yoʻq. Agar raqibim Islom Maxachev boʻlsa, uni nokautga uchrataman", - deya ekvadorlikning soʻzlarini keltirdi "MMA Junkie".
Eslatib oʻtamiz, Maykl Morales "UFC 322" turnirida Shon Bredini 1-raunddayoq texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar