Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Messi 1176-o‘yinda 930-golini urdi, Ronalduda qancha?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Raqobat to‘xtatgani yo‘q

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasidagi «San-Diego»ga qarshi o‘yinda jamoasi darvozasiga jarima zarbasidan gol urdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. 

Bu 39 yoshli argentinalik yulduzning professional faoliyatidagi 930-goli hisoblanadi. Messi hozirga qadar 1176 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan va shu vaqt ichida jamoadoshlariga 424 marta gol urishga yordam bergan.

Qiyos uchun, 41 yoshli «Al-Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 1337 uchrashuvda maydonga tushib, 979 ta gol muallifi bo‘lgan va 261 marta golli pas bergan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q