Messi “dahshatli” rekord o‘rnatdi
Lionel Messi MLS kubogi yarim final uchrashuvida tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu bahsda “Inter Mayami” jamoasi “Nyu-York Siti” futbolchilari bilan kuch sinashib, o‘yinda 5:1 hisobida zafar quchdi.
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi golli pas uzatib, g‘alabaga hissa qo‘shdi.
Bu assist argentinalik yulduz nomini yana futbol tarixiga muhrladi. Messi 405-assistentini qayd etib, jahon futbolida bu ko‘rsatkichga erishgan yagona futbolchiga aylandi.
Avvalgi rekord vengriyalik afsona Ferents Pushkashga tegishli bo‘lib, u futbolchilik davrida jamoadoshlariga jami 404 ta golli pas uzatishni uddalagan edi.
Bundan buyog‘iga Messining har bir assisti yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.
38 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvoo‘asini 38 marta ishg‘ol qildi va 22 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar