Messi eng zo‘r murabbiy kimligini aytdi
AQShning “Inter Mayami” klubida o‘ynayotgan Lionel Messi o‘ziga “Barselona”da ustozlik qilgan Xosep Gvardiolani eng zo‘r murabbiy ekanini ta’kidladi.
Argentinalik yulduz Kataloniya klubidagi faoliyatini aynan Xosep Gvardiola qo‘l ostida boshlagan edi.
- Men uchun Gvardiola — betakror murabbiy. Juda zo‘r murabbiylar ko‘p, ammo unda alohida bir jihat bor. Men uchun u hammadan yaxshiroq. U o‘yinni ko‘ra bilishda, uchrashuvsha tayyorgarlikda va futbolchilar bilan muloqotda juda puxta.
Gvardiola eng zo‘ri va uning “Barselona”da bo‘lgani bizning omadimiz kulganidan dalolatdir. U futbolchilarimiz bilan mukammal uyg‘unlik yarata oldi va rejalashtirgan barcha natijalarga erishish uchun hamma narsa ideal darajada tarzda mos keldi, - dedi Lionel Messi.
Messi “Barselona”da 17 mavsum o‘ynagan. 778 uchrashuvda 672 gol urgan va 35 ta sovrin qo‘lga kiritgan. Gvardiola esa klubni to‘rt yil boshqarib, rekord darajada — 14 ta sovrin yutib olgan.
Fikrlar