Messi: "Men haligacha Angliyaga qarshi maydonga tushmaganman"
Messi 2026 yil JCh yarim finalida Angliyaga qarshi ilk o‘yini o‘zini va argentinaliklar uchun alohida, noyob bahs ekanini aytdi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yildgi jahon chempionati yarim finali oldidan Angliyaga qarshi uchrashuv yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
– Bu sizning Angliya terma jamoasiga qarshi ilk o‘yingiz. Ushbu bahs siz uchun, barcha argentinaliklar uchun bo‘lgani kabi, alohida ahamiyatga egami?
– Ha, albatta. Kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yinlar har doim o‘ziga xos bo‘ladi. Men haligacha Angliyaga qarshi maydonga tushmaganman, shu bois bu o‘yin men uchun ham o‘ziga xos, noyob bahs bo‘ladi.
Bu jahon chempionati yarim finali. Endi biz dam olamiz va ushbu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Jamoamiz ikki marta qo‘shimcha taym o‘ynab, juda katta kuch sarfladi.
Izohlar (0)