Messi o‘z faoliyatida 911-golini urdi
Messi Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida gol urib, professional karerasidagi gollar sonini 911 taga yetkazdi.
Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida yana bir bor gol urdi.
Janubiy Amerika vakili raqibini yirik hisobda magʻlub etdi — 3:0. 38 yoshli Messi uchrashuvning 72-daqiqasida penaltiidan aniq zarba berib, hisobni yiriklashtirdi. Bu gol uning professional karerasidagi 911-gol, Argentina terma jamoasi safida esa 117-gol boʻlib qayd etildi.
Maʼlumot uchun, Messi hozirga qadar «Barselona» tarkibida 672 ta, Argentina terma jamoasida 117 ta, «Inter Mayami»da 90 ta va «PSJ»da 32 ta gol urgan.
Eslatib oʻtamiz, Lionel Skaloni boshqaruvidagi Argentina terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Amaldagi jahon chempioni boʻlgan argentinaliklar guruh bosqichida Iordaniya, Avstriya va Aljir terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Izohlar (0)