Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi o‘zining sirini ochdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Messining rejasi oshkor bo‘ldi

“Inter Mayami”da to‘p tepayotgan Lionel Messi professional faoliyatini yana qancha davom ettirishi futbol jamoatchiligini qiziqtirib kelayotgan masalalardan hisoblanadi.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi bu masalaga o‘zi oydinlik kiritib, futboldagi maqsadlarini ochdi.

- Avval ham aytganimdek, bor e’tiborimni ayni paytdagi faoliyatimga qaratganman. Shunga qaramay, agar jahon chempionati haqida o‘ylamayapman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Men mundialda qatnashishni o‘ylayapman.

Biroq bu mavsum kelajagim haqida yakuniy qaror qabul qilishimda muhim ahamiyat kasb etadi. Men kerakli darajani ushlab turishim lozim, - dedi Lionel Messi.

37 yoshli futbolchi xalqaro faoliyatini 2005 yili boshlagan. Shundan beri Argentina terma jamoasi safida 191 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 112 ta to‘p kiritgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi faqatgina Krishtianu Ronaldudan orqada xolos.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q