Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Messi PSJning tabrigini e'tiborsiz qoldirdimi?

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchi qolgan ikki jamoaga minnatdorchilik bildirdi

24 iyun kuni Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi 39 yoshni qarshi oldi.

Sakkiz karra Oltin toʻp sohibi munosabati bilan uning hozirgi klubi "Inter Mayami", shuningdek sobiq jamoalari — "Barselona" va PSJ ijtimoiy tarmoqlarda tabrik yoʻlladi.

Messi "Inter Mayami" va "Barselona"ning tabriklariga javob qaytarib, ularga minnatdorchilik bildirdi. Biroq argentinalik yulduz hozircha PSJning tabrigini eʼtiborsiz qoldirgan.

Maʼlumot uchun, Messi faoliyatining asosiy qismini "Barselona"da oʻtkazgan. U 2021 yilda kataloniyaliklar safini tark etib, PSJga yoʻl olgan edi.

Argentinalik futbolchi Parij klubida ikki mavsum harakat qilgach, 2023 yilda AQSHning "Inter Mayami" jamoasiga koʻchib oʻtdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q