Messi xalqdan uzr so'radi

  • 12.02.2026 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

AQShning “Inter Mayami” klubi rasmiy sayti orqali chempionlik turi doirasida  Puerto-Rikoda  “Independyente”ga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi 26 fevralga ko‘chirilganini e’lon qildi.

Bunga jamoa sardori Lionel Messining jarohati sabab bo‘lgan.

38 yoshli yulduz bu holat uchun Puerto-Riko muxlislaridan uzr so‘radi.

- Afsuski, so‘nggi o‘yinda mushaklarimda taranglikni his qildim, lekin sizlar bilan uchrashuvni juda kutgan edik, shuning uchun klub bilan birga men Puerto-Rikoga borib o‘ynay olishim uchun muqobil sanani topish ustida ishladik.

Biz sizlar qanchalik hayajonlanayotganingizni va “Inter Mayami” o‘yinini ko‘rishni istashingizni bilamiz, bu yaqin orada amalga oshsa juda yaxshi bo‘lardi, - dedi Lionel Messi.

Lionel Messining bu murojaati ijtimoiy tarmoqlarda juda tez keng tarqaldi. Futbol yulduzining muxlislarga nisbatan ko‘rsatgan qadr-qimmati va hissiyotlari alohida e’tibor va e’tirofga loyiq ekani aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!