
Messidan zo‘r futbolchi borligini aytishdi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike qo‘l ostida o‘ynayotgan Kilian Mbappeni har qanday futbolchidan ustun qo‘ymoqda.
Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi birinchi turida parijliklar Dortmundning “Borussiya”si ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollardan birini Mbappe penaltidan kiritdi.
- Men uchun Mbappe dunyoning eng zo‘r futbolchisi hisoblanadi. Biroq uning o‘yin mahoratidan ham odamgarchiligi meni hayratga solyapti.
Kilianning jamoa ichida o‘zini tutishini kuzatish juda maroqli. Kilian haqiqiy etakchi va doim yuzidan tabassum arimaydi, - dedi Luis Enrike.
Fikrlar