Messining “Barsa”dagi rekordi bekor bo‘ldi

  • 15.12.2025 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” joriy mavsumning 16tur uchrashuvida “Osasuna”ni o‘z maydonida qabul qilib, raqib ustidan 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Bu uchrashuv yarim himoyachi Pedri uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. U Ispaniya chempionatida “Barsa” safidagi rasmiy uchrashuvlari sonini 150 taga etkazdi.

Bu haqda Opta ma’lum qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Pedri “Barselona” tarixida La Ligada 150 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi. Shu tariqa, u 2010 yilda Lionel Messi tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.

Argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatidagi o‘zining 150-o‘yinini 23 yoshu 121 kunlik chog‘ida o‘tkazgan edi. Bu rekord 2010 yilning 23 oktyabr kuni “Saragosa”ga qarshi o‘yinda (2:0) sodir bo‘lgan. Pedri esa ushbu marraga 23 yoshu 18 kunligida etib keldi.

La Ligada 150 ta o‘yin belgisiga etish uchun ispaniyalik yarim himoyachiga besh yildan sal ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. U Ispaniya chempionatida “Barselona” safidagi debyutini 2020 yilning 27 sentyabr kuni “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda nishonlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!