Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Metallurg" antirekordini yangilashda davom etadi...

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Bekobodliklar bugun ham mag‘lub bo‘ldi

Superliga 17-turini boshla bergan "Metallurg" - "Dinamo" bahsi yakuniga etdi. Ushbu bahs 0:1 hisobida samarqandliklarning g‘alabasi bilan tugadi. 

O‘yindagi yagona gol 45+1- daqiqada Anvarjon Hojimirzaev tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, "Metallurg" 17-turda ham g‘alaba qozona olmadi. Bekobod klubi o‘z antirekordini yangilashda davom etadi. Bungacha jamoaning tarixdagi eng yomon natijasi 2005 va 2007 yillarda qayd etilgan. O‘shanda chempionat doirasidagi dastlabki g‘alaba 9-turga kelib qo‘lga kiritilgan edi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q