Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Metallurg" rahbariyatida o‘zgarish!

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Rasmiy xabar.

Bugun “Metallurg” PFK qoshidagi futbol akademiyasi anjumanlari zalida klubning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Klub bosh direktori vazifasini bajarib kelgan Shavkat Saidov sog‘lig‘i bois o‘z hohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. 

Klub boshqaruvi “Metallurg” FA direktori lavozimi orqali futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish bo‘lgan O‘zbekiston metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharipov Akmal Mamatovich zimmasiga yuklatildi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q