Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Minsk-2019: Dzyudo bahslarida kutilmagan final

Nurali
Izohlar: 0

Portugaliya terma jamoasi kutilmaganda finalga chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Belarus poytaxtida ikkinchi Evropa o‘yinlari davom etmoqda. Bugungi musobaqa doirasida dzyudo bo‘yicha jamoaviy bellashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, oltin medal uchun kechadigan bellashuvda Portugaliya va Rossiya terma jamoalari bahs olib boradigan bo‘ldi. Portugallar dastlab qo‘shnilari Ispaniya, keyin Frantsiya va yarim finalda Gollandiya terma jamoalarini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratib finalgacha etib kelishdi. Rossiyaliklar esa oltin medal uchun kurashgacha Turkiya, Serbiya va Belarus termalaridan ustun kelgan.

Bronza medallari uchun kechadigan bahslarda Frantsiya – Belarus, Avstriya – Gollandiya terma jamoalari kurash olib borishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q