
Modrich faoliyati borasida bir qarorga keldi
Joriy mavsum yakunida “Real” bilan shartnomasi tugaydigan yarim himoyachi Luka Modrich futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi emas. "Cadena Ser" nashri xabariga ko‘ra, xorvatiyalik yarim himoyachi yana kamida ikki yil o‘ynashni rejalashtirmoqda.
Modrich AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCh-2026da ishtirok etmoqchi. Luka 2012 yildan beri "qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda. "Qaymoqranglilar" ustozi Karlo Anchelotti 38 yoshli xavbekka murabbiylar shtabida qolishni taklif qildi, biroq u taklifni rad etdi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilgi "Oltin to‘p" sohibi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar