Modrich "Real" rekordini yangiladi
Jahongir Inomjonov
Yarim himoyachi qanday natijaga erishdi?
Luka Modrich "Real Madrid" tarkibida qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi.
Modrich uchun bu "Real" tarkibidagi 28-sovrindir. Xorvatiyalik yarim himoyachi klub tarixidagi eng ko‘p unvon sohibi hisoblanadi.
Keyingi pog‘onalarda Daniel Karvaxal 27 ta, Nacho 26 ta, Karim Benzema va Marselo esa 25 tadan sovrin bilan egallab turipti.
Ma’lumot uchun, madrid klubi Qit’alararo kubok finalida "Pachuka"ni 3:0 hisobi bilan mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi.

Izohlar (0)