
Mogamed Ankalaev: "Aleks, seni davring o‘tdi"
Yarim og‘ir vazn toifasida UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi, rossiyalik Magomed Ankalaev (19-1-1-1 N/C) amaldagi chempion braziliyalik Aleks Pereyra(12-2)ga murojaat qildi.
“Aleks, imkon qadar hayotdan zavqlan. Sen ajoyib chempion eding, ammo endi davring o‘tdi”, — deb yozdi Ankalaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Magomed hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Aleksandr Rakichni mag‘lub etdi. Pereyra esa "UFC 307" musobaqasida amerikalik Xalil Rountrini to‘rtinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar