Mourin'yo: Sen endi "Realo"da o'ynay olmaysan!

  • 27.07.2026 11:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo fransiyalik yarim himoyachi Eduardo Kamavingaga ishonch bildirmayotgani aytilmoqda.

Bu haqida insayder Serxio Valentin ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Mourinyo futbolchi bilan uning kelajagi haqida suhbat o‘tkazgan. Portugaliyalik mutaxassis Kamavingaga jamoa asosiy tarkibiga kirib borishi juda qiyin bo‘lishini ochiq aytgan. 

Shu bois «Real» rahbariyati futbolchini sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani qayd etilmoqda. Shu bilan birga, Kamavinganing o‘zi Madrid klubini tark etishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Ispaniya La Ligasida 23 yoshli yarim himoyachi 29 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U bir gol urgan va ikki marta ogohlantirish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!