Mourino APLga qaytmoqchi

  • 27.11.2024 21:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Hozirda “Fenerbaxche" klubida murabbiylik qilayotgan Joze Mourino APLga qaytmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis “Vest Xem” klubini boshqarmoqchi. Bu haqida “bolg‘achilar” sobiq skauti Mik Braun xabar berdi.

“Eshitishimcha, Mourino bu taklifga juda qiziqib qolardi. Uning hali ham Londonda uyi bor, bu esa vazifani osonlashtiradi. Menga aytishlaricha, agar u Londondagi klubga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u bu imkoniyatdan foydalanadi. U Angliyaga qaytishni xohlayapti, va menimcha, uni Turkiyadan kelishga ko‘ndirish muammo bo‘lmaydi”, – dedi Braun Football Insiderga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!