Mourin'yo “Real”ga uch million yevroga tushdi

  • 20.05.2026 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi taniqli murabbiy Joze Mourinoning “Benfika” bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun klubga 3 million yevro to‘ladi.

Bu portugalialik mutaxassisga “Qirollik klubi” bilan shartnoma imzolash imkonini beradi. Bu haqida Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari madridliklar Mourinyo uchun “Benfika”ga olti  million yevro to‘lashi haqida xabar bergan edi.

Portugalialik murabbiy Lissabon jamoasini 2025 yil sentyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Mourinonning “Benfika” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Uning qo‘l ostida “burgutlar” barcha musobaqalarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 27 marta g‘alaba qozondi, 10 marta durang o‘ynadi va sakkiz marta mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!