Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourino “Roma”dan zerikdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Mourino ketsin, deyishyapti

“Roma” tarixidagi eng zo‘r hujumchilardan biri Roberto Prutstso klub rahbariyati yangi bosh murabbiy topishi kerakligini ta’kidladi.

Prutstso hozirgi bosh murabbiy Joze Mourino “Roma”da ishlash  ishtiyoqini yo‘qotib qo‘yganini va shunchaki vaqt o‘tkazish bilan mashg‘ul ekanini uqtirmoqda.

- Menga “Roma” rahbariyati Joze Mourinoning gaplarini qanday qabul qilayotgani qiziq. Menimcha, portugaliyalik mutaxassis ketishi kerak, chunki maydondan tashqarida ham o‘yin qila boshladi, - dedi Roberto Prutstso.

Roberto Prutstso “Roma”dagi faoliyati davomida uch marotaba A Seriya to‘purari bo‘lgan va 1983 yili rimliklarning chempiona bo‘lishiga juda katta hissa qo‘shgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q